Afsonaviy argentinalik futbolchi Lionel Messi «Inter Mayami» klubini tark etishi mumkin.
"El Nacional" manbasiga ko‘ra, «Barselona» argentinalik yulduzni jamoaga qaytarish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda. Yakuniy qaror Messining o‘ziga bog‘liq. U jamoaga yordam bera olishi va yosh futbolchilar rivojiga to‘sqinlik qilmasligiga ishonsa, «Barselona»ga qaytishni ko‘rib chiqishga tayyor. Bundan tashqari, argentinalik yulduzni qaytarish «Barselona»ning moliyaviy muammolarini yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Messi o‘z faoliyatini «Barselona»da boshlagan va bu jamoada umrining katta qismini o‘tkazgan. U klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, Chempionlar Ligasi va La Liga kabi ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan. 2022 yilda esa Argentina terma jamoasi bilan Qatardagi jahon chempionatida g‘olib chiqib, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylangan.