Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Messidan dastxat so‘ragan hakam jazolandi

Messidan dastxat so‘ragan hakam jazolandi

Lionel Messidan dastxat so‘ragan hakam jazolandi.

«Inter Mayami» KONKAKAF chempionlar kubogi 1-raundida safarda «Kanzas Siti»ni (1:0) argentinalik hujumchining goli evaziga mag‘lub etgandi.

O‘yindan keyin hakam Marko Antonio Ortis Nava nogiron qarindoshining iltimosiga ko‘ra Messidan uning dastxati tushirilgan libos so‘ragan.

KONKAKAF meksikalik hakamga intizomiy chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

«Tergov davomida KONKAKAF hakamning imkoniyati cheklangan oila a’zosi uchun dastxat so‘raganini aniqladi. Hakamning harakatlari konfederasiya o‘yinlaridagi rasmiy shaxslar kodeksiga to‘g‘ri kelmaydi», — deydi tashkilot.

Aynan qanday jazo berilgani oshkor qilinmadi. Ammo hakam to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va protokolni buzgani uchun uzr so‘radi.

Kiritildi: 19:55 22.02.2025. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!