Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi va Ronaldu o‘rtasida 45 ta gol farqi qoldi

Messi va Ronaldu o‘rtasida 45 ta gol farqi qoldi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi AQSh Oliy futbol ligasi (MLS) doirasida «Atlanta»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda dubl qayd etdi. Mazkur bahs mayamiliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

39 yoshli argentinalik futbolchi ushbu uchrashuvda professional faoliyatidagi 935 va 936-gollarini kiritdi.

Messi shu vaqtga qadar klublar va milliy terma jamoa safida jami 1181 ta uchrashuvda maydonga tushib, 936 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, uning hisobida 427 ta golli uzatma ham mavjud.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1340 ta uchrashuvda ishtirok etib, 981 ta gol urgan va 261 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi gollar soni bo‘yicha Messidan 45 ta golga oldinda bormoqda. Argentinalik yulduz esa golli uzatmalar borasida Ronaldudan 166 taga ustunlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:58. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!