Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv o‘yinida bir jamoada o‘ynaydi

Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv o‘yinida bir jamoada o‘ynaydi

Argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu Karlos Tevesning xayrlashuv uchrashuvida bir jamoa safida maydonga tushishi mumkin. Tevesning aytishicha, har ikki futbolchi ham taklifga rozilik bildirgan.

Xayrlashuv o‘yini 2026 yil dekabrida Buenos-Ayresdagi mashhur «La Bombonera» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Avvalgi xabarlarda uchrashuv 19 dekabrga belgilanishi mumkinligi aytilgan.

«Men doimo Krishtianu va Leoni bir jamoada ko‘rishni orzu qilganman. Ular barcha davrlarning eng buyuk ikki futbolchisi. Ikkalasi bilan ham bog‘landim. Ronalduga bu g‘oyani aytganimda, u kelishini bildirdi. Leoni ko‘ndirish ham qiyin bo‘lmadi. Ikkalasi ham rozilik berdi», – degan Teves.

Teves faoliyati davomida Ronaldu bilan Angliyaning «Manchester Yunayted» klubida birga o‘ynagan. Messi bilan esa Argentina milliy terma jamoasida sherik bo‘lgan.

Xayrlashuv uchrashuviga Ueyn Runi va Andrea Pirlo kabi Teves bilan birga o‘ynagan boshqa mashhur futbolchilar ham taklif qilinishi kutilmoqda.

Hozircha Messi va Ronaldu tomonidan uchrashuvda qatnashish bo‘yicha alohida rasmiy bayonot berilmagan. Ular rozilik bergani haqidagi ma’lumot Tevesning so‘zlariga asoslanmoqda.

Kiritildi: 16:40 08.09.2026. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!