Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona» Xoland transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Barselona» Xoland transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Barselona» «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda.

El Nacional nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar norvegiyalik goleadorning ehtimoliy transferi yuzasidan muzokaralarni boshlagan. Klub ushbu kurashda asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan «Real»ni ortda qoldirishni maqsad qilgan.

«Barselona» Manchester klubi atrofida yuzaga kelgan moliyaviy muammolardan foydalanishga umid qilmoqda. Agar «shaharliklar» moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazoga tortilsa, Xolandni nisbatan kamroq mablag‘ evaziga sotib olish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar faqat Xoland bilan cheklanib qolmoqchi emas. Klub «Manchester Siti»ning yana bir qator futbolchilari — Yoshko Gvardiol, Rayan Sherki, Jeremi Doku, Fil Foden va Antuan Semenyoning vaziyatini ham kuzatib bormoqda.

Transfermarkt portali Xolandning bozor qiymatini 220 million yevroga baholamoqda.

Hozircha norvegiyalik hujumchining «Barselona»ga o‘tishi yuzasidan rasmiy kelishuv haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 23:44 19.10.2026. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!