Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messi, Neymar va Suares triosi yana qayta tiklanishi mumkin

Messi, Neymar va Suares triosi yana qayta tiklanishi mumkin

"Barselona" va "PSJ" klublarining sobiq hujumchisi, hozirda Braziliyaning "Santos" klubida to‘p tepayotgan Neymar jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik yulduz hujumchiga argentinalik Lionel Messi to‘p tepayotgan AQShning "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda. Neymarning agentlari ushbu transfer bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

Hujumchi 2025/2026 yilgi mavsumda 21 ta o‘yinda ishtirok etgan. Neymar 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

33 yoshli braziliyalikning amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Forvardning bozor narxi - 11 million yevro.

Kiritildi: 19:06 11.10.2025. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!