Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi MLS tarixida noyob natija qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi

Messi MLS tarixida noyob natija qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi yana bir noyob yutuqqa erishdi.

Argentinalik futbolchi "Atlanta Yunayted"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Shu tariqa, 39 yoshli yulduzning joriy muntazam chempionatda urgan gollari soni 25 taga yetdi.

Inter Miami News Hub ma’lumotiga ko‘ra, Messi MLS tarixida ketma-ket ikki mavsumda kamida 25 tadan gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bunga qadar bunday natijaga faqat Yosef Martines 2018 va 2019 yillarda erishgan edi.

Lionel Messi 2026 yilgi MLS chempionati to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. U 20 ta gol urgan "Dallas" hujumchisi Petar Musani ortda qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi o‘tgan mavsumda MLS muntazam chempionatida 29 ta gol urgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!