Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Messi kelajakda «Barselona»ga qaytishga qaror qilgan

Messi kelajakda «Barselona»ga qaytishga qaror qilgan

Lionel Messi «Barselona»ni 2021 yilda tark etgan edi. Xayrlashuv matbuot anjumanida argentinalik yulduz ko‘z yoshlarini tiya olmagandi, biroq ko‘z yoshlar bilan muammoni hal qilib bo‘lmasdi. O‘shanda «ko‘k-anorranglilar» moliyaviy qiyinchiliklar sababli Messiga yangi shartnoma taklif qila olishmagan.

The Touchline nashrining Marca’ga tayanib xabar berishicha, Messi kelajakda «Barselona»ga qaytishga 100 foiz qaror qilgan. Shu bilan birga, hozircha Leo jonajon klubiga qaysi rolda qaytishni istashi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Hozirda Lionel Messi MLSda «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. O‘tgan kuzda Messi klub bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirdi.

Kiritildi: Bugun 19:01. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!