Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Messi "jarimalar qiroli" bo‘lishiga uch qadam qoldi

Messi "jarimalar qiroli" bo‘lishiga uch qadam qoldi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS muntazam chempionati doirasidagi "San-Diyego"ga qarshi uchrashuvda (2:2) jarima zarbasidan gol urdi.

“The Touchline” ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli argentinalik futbol tarixida jarima zarbalaridan urilgan gollar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning hisobida shunday gollardan 75 ta mavjud. Messi braziliyalik Jairni (74) ortda qoldirdi.

Birinchi o‘rinni Marselinyo Karioka (Braziliya) — 78 ta gol bilan egallab turibdi, to‘rtinchi pog‘onada 73 ta gol bilan Roberto Dinamit (Braziliya), beshinchi pog‘onada esa yana bir braziliyalik Juninyo Pernambukano (72 ta gol) qayd etilgan.

Messi professional faoliyatidagi 1176 ta o‘yinda 930-golini urdi. Shuningdek, hujumchi 424 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 21:46 21.09.2026. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!