Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Messi Jahon chempionatiga o‘z xohishiga ko‘ra bormasligi mumkin

Messi Jahon chempionatiga o‘z xohishiga ko‘ra bormasligi mumkin

Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida ishtirok etmasligi mumkin. «The Touchline» nashrining xabariga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi mundialda qatnashmaslik variantini istisno qilmayapti.

Hamma narsa hujumchining jismoniy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar Messi o‘zini 100 foiz emas, balki hatto 1 foiz bo‘lsa-da yomonroq his qilsa — u Jahon chempionatiga bormaydi.

Messi MLS (Major League Soccer) darajasini Jahon chempionatiga eng yuqori formada yetib borish uchun yetarlicha raqobatbardosh emas deb hisoblaydi. Argentina terma jamoasi sardori bu kamchilikni faqatgina yuz foizlik jismoniy tayyorgarlik bilan qoplashi kerakligini tushunib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qiladi. O‘tgan mundial finalida «albiseleste» Fransiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: Bugun 19:25. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!