Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Messi hali JCH-2026da ishtirok etishi borasida bir qarorga kelgani yo‘q

Messi hali JCH-2026da ishtirok etishi borasida bir qarorga kelgani yo‘q

Messi hali ham JCH-2026da ishtirok etishi borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

Ole nashrining ma’lum qilishicha, hozircha argentinalik futbolchining jahon chempionatida maydonga tushishiga 100 foiz kafolat yo‘q. Messi hozirda 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralashida Venesuelaga qarshi o‘yinda ishtirok etishni maqsad qilgan.

38 yoshli futbolchining atrofidagilar terma jamoadan ketish kabi qarorlar bosqichma-bosqich qabul qilinishiga ishora qilishdi.

"Qaror juda shaxsiy bo‘ladi va u buni kerak deb bilganida qabul qiladi," - deyishdi uning atrofidagilar.

Hozircha barchasi Messining turnirda ishtirok etishiga ishora qilmoqda. Bunga Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni va FIFA prezidenti Janni Infantino amin. Bundan tashqari, buni AQSh prezidenti Donald Tramp ham xohlamoqda.

Kiritildi: 19:08 28.08.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!