Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Messi faoliyatidagi eng muhim gollar haqida gapirdi

Messi faoliyatidagi eng muhim gollar haqida gapirdi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida urgan eng muhim gollarini esladi.

«Jahon chempionati finalida urgan gollarim faoliyatimdagi eng muhim gollardan bo‘lgan. Bu gollar o‘z ahamiyati, voqea va uchrashuvning ko‘lami bilan ajralib turadi. Shuningdek, «Barselona» safida Chempionlar ligasi finallarida hamda «Real»ga qarshi «El-klasiko» bahslarida kiritgan gollarimni ham juda qadrlayman», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2022 yilgi jahon chempionati finalida Fransiyaga qarshi dubl qayd etgan. Argentina milliy jamoasi 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangan.

Oktyabr oyida Messi Argentina milliy jamoasi safida so‘nggi bor maydonga tushdi.

Kiritildi: 11:26 23.10.2026. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!