Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» klubi futbolchisi Lionel Messi faoliyatidagi eng yodda qolarli goli qaysi ekanligini aytdi.
Messining aytishicha, 2009 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finalida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda boshi bilan urgan goli uning faoliyatidagi eng yaxshisi hisoblanadi.
«Karyeram davomida bunaqasidan juda ko‘p bo‘lgan, ammo eng chiroylisi va ahamiyati jihatidan eng yaxshisi Chempionlar ligasi finalida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda bosh bilan kiritigan to‘pim, har doim eng sevimli golim bo‘lib kelgan», – deydi Messi.
Ma’lumot uchun, ushbu gol urilgan vaqtda Messi 5 fut balandlikka sakrab to‘pni darvozaga joylab qo‘ygan va jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasnini qo‘shgan.