Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi afsonaviy Peleni ortda qoldirdi

Messi afsonaviy Peleni ortda qoldirdi

«Inter Mayami» va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi afsonaviy futbolchi Pelening rekordini yangiladi.

Messi MLS chempionati doirasida «Nyu-York Siti»ga qarshi o‘yinda (3:2) jarimadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba orqali gol urdi. Bu gol argentinalik hujumchining faoliyatidagi jarimadan kiritilgan 71-goli bo‘ldi. Pele esa o‘z vaqtida bunday 70 ta gol urgan.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha hali ham yetakchi — Juninyo Pernambukano bo‘lib, u jarimadan 77 marta gol kiritgan. Ro‘yxatda uchinchi o‘rinni «An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi — 64 ta gol.

Joriy mavsumda Lionel Messi «Inter Mayami» safida 6 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi.

Kiritildi: Bugun 12:08. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!