Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mers Putinga: «Biz muzokaralarga tayyormiz, ammo bu vahshiyona hujumlar to‘xtashi kerak»

Mers Putinga: «Biz muzokaralarga tayyormiz, ammo bu vahshiyona hujumlar to‘xtashi kerak»

Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga tashrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «bu bema’ni urush»ni to‘xtatishga chaqirdi.

🚨 Mers havo hujumi signallari yangrayotgan bir paytda:

«Biz muzokaralarga tayyormiz, bu urushni yakunlash masalasini muhokama qilishga tayyormiz. Ammo Ukraina tinch aholisiga qarshi bu vahshiyona hujumlar to‘xtatilishi kerak», — dedi.

Mers 4 oktyabr kuni ertalab oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya Dnepr daryosi ustidan o‘tuvchi Shimoliy ko‘prikka navbatdagi zarbani bergani xabar qilindi.

🇺🇦 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mers Kiyevdagi tashrifini halok bo‘lgan ukrainalik harbiylarni xotirlashdan boshlaganini aytdi.

«Bu og‘ir davrda Germaniya biz bilan birga ekani — qo‘llab-quvvatlashda ham, xotirada ham — muhim», — deb yozdi Zelenskiy.

Kiritildi: 22:52 04.10.2026. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!