Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Merkel: Isroil o‘zini himoya qila olishi kerak

Merkel: Isroil o‘zini himoya qila olishi kerak

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u Yangi Osnabryuker Yangiliklari nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Agar kimdir Isroil davlatini yo‘q qilishni ochiq ayta boshlasa, Isroil bunga qarshi o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak,” — dedi Merkel.

U so‘nggi paytlarda xalqaro hamjamiyat orasida Isroil harakatlarining qonuniyligiga nisbatan bildirilayotgan shubhalarga ham to‘xtalib o‘tdi. Merkelga ko‘ra, Isroil xalqaro huquqni buzmoqda degan fikrga to‘liq qo‘shilmaydi.

“Agar biror davlatning mavjudligi XAMAS yoki Eron tomonidan xavf ostiga qo‘yilsa, bu masalani xalqaro huquq nuqtai nazaridan hal qilish unchalik oson emas,” — dedi sobiq kansler.

Kiritildi: 19:44 21.06.2025. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!