Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Meksikalik muhojir AQShdagi tarixiy yodgorlikka bolg‘a bilan zarba berganlikda ayblanmoqda

Meksikalik muhojir AQShdagi tarixiy yodgorlikka bolg‘a bilan zarba berganlikda ayblanmoqda

AQShning Virjiniya shtatida Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan mashhur Ivodzima yodgorligiga jiddiy zarar yetkazildi. Hodisa bo‘yicha meksikalik muhojir Migel Alonso Maldonado Soriano qo‘lga olindi.

The New York Post nashrining xabar berishicha, 27 yoshli erkak Kuantiko hududida joylashgan, amerikalik dengiz piyodalari Ivodzima orolida AQSh bayrog‘ini ko‘tarayotganini aks ettiruvchi haykalga katta bolg‘a bilan zarba berganlikda gumonlanmoqda.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida yodgorlikda tasvirlangan olti nafar harbiydan birining haykali bosh qismidan ajralib ketgan. Shuningdek, monumentning boshqa qismlariga ham zarar yetkazilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tarixiy yodgorlikni tiklash uchun yuz minglab dollar talab etilishi mumkin.

Nashrning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi 1999 yilda, hali bolalik chog‘ida AQSh hududiga noqonuniy kirgan. Keyinchalik u Barak Obama prezidentligi davrida deportasiyadan vaqtincha himoya qiluvchi maqomga ega bo‘lgan.

Mazkur maqom Jo Bayden ma’muriyati davrida ham uzaytirilgan.

Hozirda Maldonado Sorianoga qasddan mulkka zarar yetkazish, yodgorlikni shikastlash hamda zarar yetkazish maqsadida begona hududga noqonuniy kirish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Gumonlanuvchining bunday harakatga nima sababdan qo‘l urgani hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: 23:27 23.10.2026. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!