Meksikaning Michoakan shtatida Uruapan shahri meri o‘ldirilganidan so‘ng hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, namoyishchilar Michoakan shtati ma’muriyati binosiga bostirib kirib, 2018 yildan buyon hokimiyatda bo‘lgan MORENA partiyasini ag‘darishni talab qilmoqda.
Namoyishchilar, shuningdek, mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum va shtat gubernatori Alfredo Bedollani kartellardan xalqni himoya qila olmaganikda ayblamoqda.
Meksikaning Uruapan shahri meri Karlos Manso festival vaqtida otib o‘ldirilgan edi.