Ayrim manbalarga ko‘ra, Eronga qarshi ehtimoliy operasiya doirasida 456 ta AQSh harbiy samolyoti Yevropa va Yaqin Sharqdagi bazalarga joylashtirilgan. Bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.
The Times of Israel nashrining yozishicha, AQShning Eronga zarba berishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan Isroil armiyasi yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan.
Rasmiy bayonotlar cheklangan, mintaqada vaziyat tarangligicha qolmoqda.