Oyatulloh Xominaiy Eron AQSh va Isroil bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Milliy xavfsizlik rahbari Ali Larijoniyga muhim vakolatlarni topshirdi — The New York Times.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Larijoniy amalda xavfsizlik sohasidagi asosiy amaliyotlar, harbiy va diplomatik harakatlarga rahbarlik qilmoqda hamda prezident Pizishkiyonni ikkinchi planga surib qo‘ydi.
"Larijoniy Eron Qurolli kuchlarini yuqori jangovar shay holatga keltirdi, strategik nuqtalarga raketa tizimlarini joylashtirdi, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi va urush vaqtida tartibsizliklarni bostirish uchun ichki xavfsizlik kuchlarini tayyorladi", deya yozmoqda The New York Times.