Suriya fuqaro aviasiyasi va havo transporti boshqarmasi Turkiya bilan chegaradosh Hasaka viloyatidagi Qamishli shahridagi xalqaro aeroport ustidan nazoratni o‘rnatdi.
Bu haqda boshqarma bayonotida e’lon qildi.
Ushbu qaror Suriya hukumati va Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) o‘rtasida erishilgan kelishuvni amalga oshirish doirasida qabul qilindi.
"Bo‘lim rahbarlari ayeroportning operasion, texnik va ma’muriy imkoniyatlarini baholash hamda fuqaro aviasiyasining eng yuqori xalqaro standartlariga muvofiq operasiyalarni qayta tiklash mexanizmlarini muhokama qilish uchun tashrif buyurishdi", deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa va SDK qo‘mondoni Mazlum Abdi guruh jangchilari hukumat kuchlariga qo‘shilishi va ular Suriyaning shimoli-sharqida tashkil etgan o‘zini o‘zi boshqarish institutlari Suriya davlat tuzilmalarining bir qismiga aylanishi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Hujjatda Rumeilan va As-Suvaydiyadagi neft konlari, Qamishli ayeroporti va barcha chegara o‘tish punktlari Damashq nazorati ostiga o‘tishi belgilangan.