Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Amsterdam aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Amsterdam aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Sxipxol aeroportida KLM aviakompaniyasining ikkita samolyoti to‘qnashib ketdi.

Bu haqda ANP axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa paytida samolyotlardan biri harakasiz bo‘lgan, ikkinchisi esa uni evakuator bilan urib yuborgan.

Hodisa holatlari tekshirilmoqda va mutaxassislar ikkala samolyotni ham texnik ko‘rikdan o‘tkazmoqdalar.

"Biz tegishli organlar bilan hamkorlikda hodisa sababini o‘rganmoqdamiz va samolyotni xizmatga qaytarishdan oldin uni sinchkovlik bilan tekshiramiz", dedi KLM vakili.

Reyslardan biri Afinaga jo‘nashi rejalashtirilgan edi, ikkinchisi esa Birmingemdan biroz oldin qo‘nib kelgan edi.

Hodisadan so‘ng, ikkala samolyotning yo‘lovchilari va ekipajlari darvozaga qaytarib olib ketildi. Aviakompaniya barcha yo‘lovchilar darhol muqobil reyslarga qayta bron qilinganini tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!