Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 82 nafar Rossiya fuqarosi va 44 ta Rossiya kompaniyasiga qarshi shaxsiy sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat 21 fevral kuni rasmiy saytda e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar Rossiya mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinayotgan shaxs va tashkilotlarga nisbatan qo‘llanilgan.
Ikkinchi ro‘yxatga 225 kishi kiritilgan bo‘lib, ularning 36 nafari Rossiya vakillaridir. Asosan, neft mahsulotlari eksporti bilan bog‘liq operasiyalarda ishtirok etuvchi kema kapitanlari haqida so‘z bormoqda.
Sanksiyalar aktivlarni muzlatish, Ukraina hududida faoliyatni cheklash, havo hududidan foydalanishni taqiqlash va yer sotib olish huquqini bekor qilishni o‘z ichiga oladi.