Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Meksikada kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida 72 kishi halok bo‘ldi

Meksikada kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida 72 kishi halok bo‘ldi

Meksikada Priskitla va Reymond tropik bo‘ronlari sababli sodir bo‘lgan kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari natijasida halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetdi, 48 kishi esa hanuz bedarak hisoblanmoqda.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida mamlakatning beshta shtatida kuchli yomg‘irlar va sel oqibatlaridan ko‘plab qurbonlar qayd etilgan. Eng katta zarar Verakrus, Puebla va Idalgo viloyatlariga yetgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlariga yigirma birta vertolyot va qo‘shimcha qutqaruv bo‘linmalari jalb qilingan. Rәsmiylar bildirishicha, ishlarning asosiy qismi hozircha sel yo‘llari, vayrona binolar va suv bosgan hududlarda amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, Meksikaning Elektr energiyasi bo‘yicha federal komissiyasi (CFE) ma’lum qilishicha, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan beshta shtatda elektr uzatish tizimining 95,4 foizi tiklangan.

Hukumat hodisadan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish va evakuasiya ishlarini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 13:47 18.10.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!