MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi 9 oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Olmaotada bo‘lib o‘tgan MDH Vazirlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Millatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qilgan.
"Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishini 2025 yil 9 oktyabr kuni Dushanbe shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, MDH tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishlari yilda ikki marta o‘tkaziladi.