Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Mbappening otasi: Kilian uydan chiqib, shu bilan qaytib kelmadi

Mbappening otasi: Kilian uydan chiqib, shu bilan qaytib kelmadi

“Real” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening otasi Uilfrid o‘g‘li mahoratli futbolchi bo‘lish uchun qanday sinov va qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri kelgani haqida gapirdi.

- Sizlar o‘g‘li futbol o‘ynayotgan ota-onalarning bu yo‘lda qanday qurbonliklarga tayyor bo‘lishi haqida ko‘p gapirasizlar. Men Kilian 12-13 yoshida uydan ketganini ko‘rganman. Odamlar buni to‘liq anglay olmaydi.

Shunday narsalar borki, biz ularning o‘rnini hech qachon hech nima bilan qoplay olmaymiz. Ko‘p narsalarni boy berib bo‘lganmiz. Bizning tengqurlar 13-14 yoshida farzandidan uzoqlashishga ko‘narmidi? Yo‘q, hech kim bunday qilmasdi.

Hech bir ota-ona “O‘g‘lim 13 yoshida uydan chiqib ketdi va qaytib kelmadi”, deyolmaydi. Biz esa, buni boshimizdan o‘tkazdik. Buni hozirgi ota-onalarga aysak, ular bu hissiyotlarni tushunmayapti, - dedi Uilfrid Mbappe.

Kiritildi: Bugun 15:19. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!