Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappening gollari – «Real»ning g‘alaba kaliti

Mbappening gollari – «Real»ning g‘alaba kaliti

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe yana gol urib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Shanba kuni 27 yoshli futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda dublni rasmiylashtirdi va bellashuv "qaymoqranglilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi (2:0).

Qizig‘i shundaki, Mbappe kamida bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan 21 ta o‘yinning 19 tasida "Real" g‘alaba qozongan. Fransiyalik yulduz gol urmagan 11 ta bellashuvda esa jamoa bor-yo‘g‘i to‘rt marta yutgan, ikki bor durang o‘ynagan va besh marta mag‘lub bo‘lgan.

"Real" La Liga turnir jadvalida 51 ochko bilan peshqadam, ammo ikki ochkoga ortda qolayotgan "Barselona" 21-turdagi uchrashuvini hali o‘tkazmagan.

Kilian Mbappe chempionat to‘purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda — u 20 ta o‘yinda 21 ta gol urgan.

Kiritildi: Bugun 14:59. O'qildi: 158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!