"Oltin butsa" sohibi ma’lum bo‘ldi.
Ispaniyaning Marca nashri xabar qilishicha, 2024/25 yilgi mavsum "Oltin butsa"siga "Real" va Fransiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe sazovor bo‘ladi.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda 31 ta gol urib, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mbappe 62 ochko to‘plab, Dyokeresh va Salohni ortda qoldirgan.
"Oltin butsa" 31 oktyabr juma kuni topshiriladi.