Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Mbappega dam yo‘q!

Mbappega dam yo‘q!

Na "Real", na Fransiya futbol federasiyasi Kilian Mbappega dam berish niyatida emas.

"L’Equipe" nashrining qayd etishicha, hujumchi bir necha oydan beri chap tizzasidagi og‘riqlardan aziyat chekmoqda, biroq Madrid klubi yaqin oradagi o‘yinlarda o‘z to‘puraridan maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi.

"Real"ning ayrim menejerlari, agar oyog‘idagi og‘riq bezovta qilishda davom etsa, fransuz mart oyidagi terma jamoalar tanaffusi vaqtida dam olishi mumkin deb hisoblashmoqda. Ammo milliy jamoada bunday variant hatto ko‘rib chiqilayotgani yo‘q.

Fransiya Janubiy Amerikada ikkita uchrashuv o‘tkazishi kerak: avval Braziliyaga qarshi (26 mart), so‘ngra Kolumbiya bilan (29 mart). Ushbu turnening asosiy homiysi "Nike" kompaniyasi bo‘lib, u Kilian bilan shaxsiy hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan. Shuning uchun Mbappening bu o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi nomaqbul hisoblanadi

Kiritildi: 09:39 15.02.2026. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!