Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mbappe ukasining "PSJ" darvozasini ishg‘ol qilganiga munosabat bildirdi

Mbappe ukasining "PSJ" darvozasini ishg‘ol qilganiga munosabat bildirdi

18 yoshli Etan Mbappe Liga 1 doirasidagi "Pari Sen-Jermen"ga (1:1) qarshi o‘yinda gol urib, "Lill"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Yosh yarim himoyachi 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 85-daqiqada sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. E’tiborlisi, o‘yinni Kilian Mbappe tribunadan kuzatib bordi.

Uchrashuv yakunlanganidan ko‘p o‘tmay, Madridning "Real" klubi forvardi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi: "Aqldan ozdiradigan ssenariy," - deb yozdi katta Mbappe ukasining xursandchiligi aks etgan suratni ilova qilib.

Etan ham Kilian kabi 2024 yilning yozida "PSJ"ni tark etgandi. Parijliklar bilan o‘yindagi gol xavbek uchun professional faoliyatidagi ikkinchi gol bo‘ldi.

Kiritildi: 19:06 06.10.2025. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!