Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe Superkubok finalida qarshi og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan o‘ynashi mumkin — L’Équipe

Mbappe Superkubok finalida qarshi og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan o‘ynashi mumkin — L’Équipe

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan sog‘lig‘ini xatar ostiga qo‘yishni istamayapti. Shu bilan birga, «Qirollik klubi»da futbolchining mazkur bahsda ishtirok etish imkoniyatlari yaxshi, deb hisoblashmoqda. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni "Qirollik klubi" Mbappening chap tizzasi bog‘lamlarida cho‘zilish borligini ma’lum qilgan edi.

Manbaga ko‘ra, tavakkal qilish istagi bo‘lmasa-da, Mbappe 2026 yilda «Real» safida ilk sovrinini qo‘lga kiritishni juda istamoqda. 27 yoshli hujumchi «Barselona»ga qarshi o‘yinda og‘riq qoldiruvchi vositalar yordamida maydonga tushishi mumkinligi istisno qilinmayapti. Fransiyalik futbolchining finalda ishtirok etishi-etmasligi jamoaning 10 yanvar kuni kechqurun bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotidan so‘ng aniq bo‘ladi.

Ispaniya superkubogi, final
11 yanvar 2026 yil, yakshanba. 23:59
Barselona — Real Madrid

Kiritildi: 14:06 10.01.2026. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!