Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Mbappe - Ronalduga taqqoslanishi haqida: «O‘z yo‘limdan ketmoqchiman»

Mbappe - Ronalduga taqqoslanishi haqida: «O‘z yo‘limdan ketmoqchiman»

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "qaymoqranglilar"ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslashlarni faxrlanish sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

"Hamma Ronaldu "Real"da etalon, birinchi raqamli ekanini biladi. Men bir yarim yildan beri shu yerdaman, u esa bu yerda to‘qqiz yil harakat qilgan. Men o‘zimni u bilan va uning yutuqlari bilan taqqoslay olmayman. Mening yo‘lim boshqa. Men o‘z yo‘limdan ketmoqchiman. Ammo meni Ronaldu bilan bir qatorda tilga olishlari faxrlanishga arziydi," - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Marca.

26 yoshli futbolchining qo‘shimcha qilishicha, u birinchi navbatda Ronaldudan o‘zib ketishni emas, jamoa bilan muvaffaqiyat qozonishni o‘ylamoqda.

Kiritildi: 09:08 01.11.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!