Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Mbappe qo‘pol qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgandan so‘ng «Alaves» futbolchisidan uzr so‘radi

Mbappe qo‘pol qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgandan so‘ng «Alaves» futbolchisidan uzr so‘radi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvda (1:0) maydondan chetlatildi. U «Alaves» yarimhimoyachisi Antonio Blankoga jarohat yetkazib qo‘ydi. Buning uchun esa fransiyalik futbolchi raqib futbolchisidan uzr so‘radi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng Mbappe Blankoni topib, undan uzr so‘ragan va sog‘ligi haqida so‘rashga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 39-daqiqasida madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe raqibga nisbatan qo‘pol fol qiladi. Hakam avvaliga unga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq VAR orqali holatni ko‘rib chiqqanidan so‘ng, futbolchini qizil kartochka bilan maydondan chetlatdi.

31-turdan so‘ng «Alaves» jamoasi 30 ochko to‘plab, turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. «Real» esa shuncha uchrashuvdan so‘ng 66 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 2024/2025 yilgi Ispaniya chempionatida peshqadamlikni 70 ochkoga ega «Barselona» egallab turibdi.

Kiritildi: 10:09 14.04.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!