Kilian Mbappe "PSJ"ning usiz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga munosabat bildirdi.
"Sovrinsiz mavsum? Ishonchingiz komilmi? O‘yinlarni tomosha qilasizmi? Biz ikkita chempionlikni qo‘lga kiritdik (UEFA Superkubogi va FIFA Qit’alararo kubogi). So‘zlaringizni tanlash muhim. Ha, biz muhim sovrinlarni qo‘ldan boy berdik. Lekin bu foydali yil bo‘ldi.
"PSJ" mensiz Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Bu meni bezovta qilmaydi. O‘ylaymanki, barchamiz karyeramizda qiyinchiliklarga duch kelamiz", - dedi "Real" forvardi.