Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Mbappe: «PSJ»dagi so‘nggi mavsum «Real» orzusi uchun qurbonlikning bir qismi edi»

Mbappe: «PSJ»dagi so‘nggi mavsum «Real» orzusi uchun qurbonlikning bir qismi edi»

Madridning «Real» klubi yulduz hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ»dagi so‘nggi mavsumini esladi.

«Parijdagi so‘nggi mavsum men uchun juda qiyin o‘tdi. Bu og‘ir edi, ammo «Real»da o‘ynash orzumni amalga oshirish uchun qilishimga to‘g‘ri kelgan qurbonlikning bir qismi ham edi», — deya Mbappening so‘zlarini AS keltirdi.

27 yoshli futbolchi 2024 yil yozida «PSJ»dan «Real»ga o‘tgan va Ispaniya grandi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum La Ligada Mbappe 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 14:17. O'qildi: 134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!