«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Oltin butsa» uchun kurashda birinchi o‘ringa chiqib oldi.
26 yoshli fransiyalik futbolchi La Liganing 38-turida «Real Sosiyedad» darvozasiga ikkita gol urdi (2:0). Shu tariqa, uning Ispaniya chempionatidagi gollari soni 31 taga yetdi.
Mbappe mazkur natija bilan «Sporting» forvardi, 39 ta gol urgan shvesiyalik Viktor Gokereshni 3,5 ballik farq bilan ortda qoldirdi. Portugaliya chempionati esa allaqachon yakunlangan.
Shuningdek, «Liverpul» yarimhimoyachisi Muhammad Saloh hisobida 28 ta gol (56 ball) mavjud. Uning jamoasi APLda «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi. Agar ushbu bahsda Saloh 3 tadan ko‘p gol urmasa, Mbappe «Oltin butsa»ga ega chiqadi.