"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 17-turidan o‘rin olgan "Sevilya"ga (2:0) qarshi o‘yindagi golini Krishtianu Ronalduga bag‘ishlaganini aytdi.
Fransuz portugaliyaliklarning an’anaviy uslubida golni nishonladi. Ispaniya chempionati o‘yinida Mbappe 2025 yilda "Real" safida 59-golini urdi va Ronalduning rekordini takrorladi.
"Krishtianu - mening do‘stim va kumirim. Bayram unga bag‘ishlangan edi. Krishtianu bu yerda moslashishimga yordam berdi. Unga eng yaxshi tilaklarimni yetkazmoqchiman, Rojdestvo va Yangi yil bilan. Biz ko‘p muloqot qildik. Yoqimli bo‘ldi. Mening o‘z bayramim bor, lekin aynan shu golni unga bag‘ishlamoqchi edim”, - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
Mbappe 18 ta gol bilan Ispaniya chempionati to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.