Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Mbappe maydondan chetlatilgan o‘yinda «Real» «Alaves» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Mbappe maydondan chetlatilgan o‘yinda «Real» «Alaves» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Ispaniya La Ligasining 31-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Alaves» o‘z maydonida Madridning «Real» jamoasini qabul qildi. «Mendisorrosa» stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda «qirollik klubi» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 34-daqiqada qayd etildi — Eduardu Kamavinga mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. 38-daqiqada esa madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe qo‘pol fol uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Chetlatish VAR orqali tasdiqlandi. «Real» shu tariqa 32 daqiqadan ortiq vaqtni bir kishi kam o‘tkazdi.

70-daqiqada «Alaves» futbolchisi Manuel Sanches ham maydondan chetlatildi — har ikki jamoa o‘yinni teng tarkibda yakunladi.

Bu natijadan so‘ng «Alaves» 30 ochko bilan La Liganing 17-pog‘onasida qolmoqda. «Real Madrid» esa 66 ochko to‘plab, 2-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatdagi peshqadam — 70 ochko jamg‘argan «Barselona».

Ispaniya La ligasi, 31-tur
Alaves - Real Madrid - 0:1
Gol: 0:1 Kamavinga – 34'    
Chetlatishlar: Sanches – 70' / Mbappe – 38'

Kiritildi: 23:12 13.04.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!