Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Mbappe Fransiya jahon chempioni bo‘lsa, gol urmasdan ham JCH–2026ni yakunlashga tayyorligini aytdi

Mbappe Fransiya jahon chempioni bo‘lsa, gol urmasdan ham JCH–2026ni yakunlashga tayyorligini aytdi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqsa, musobaqani gol urmasdan tugatishga ham roziligini bildirdi.

— Agar Fransiya jahon chempionligini qo‘lga kiritsa, ammo siz birorta ham gol urmasangiz-chi?

— Men bunga ham rozi bo‘laman. Hatto buni o‘chmaydigan marker bilan imzolashga ham tayyorman! — dedi Mbappe. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026da Fransiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda va ular to‘rttadan jamoadan iborat 12 ta guruhga bo‘lingan.

Kiritildi: Bugun 17:46. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!