Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda ish tashlash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda ish tashlash tartibi belgilandi


Ushbu haqidagi 1150-sonli qonun bugun 11 iyun kuni qabul qilindi. Unga ko‘ra:

▪️Jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning iloji bo‘lmasa, mehnat jamoasi ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

▪️Ish tashlashda qatnashish ixtiyoriy. Hech kim majbur qilinishi mumkin emas.

▪️Ish tashlash haqida qaror - xodimlarining 50 foizidan ko‘prog‘i yoqlab bergan taqdirda qabul qilinadi.

▪️Ish tashlash qarori haqida kamida 1 oy oldin Kasaba uyushmasi orqali ish beruvchini xabardor qilish kerak.

▪️Ish beruvchi bo‘lajak ish tashlash haqida yozma xabarnomani olgan paytdan boshlab 1 ish kunida davlat organlarini yozma ravishda ogohlantiradi.

▪️Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 22:31 11.06.2026. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!