Jahon chempionati an’anaviy tarzda sayyoramizning eng kuchli futbolchilarini birlashtiradi. AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va ularning har biri 26 nafardan futbolchini qaydnomaga kiritgan. Shu tariqa, musobaqaning final bosqichida jami 1248 nafar o‘yinchi harakat qiladi.
Xo‘sh, ular orasida eng yuqori maoshni kimlar oladi?
Krishtianu Ronaldu: haftasiga 3,93 mln yevro («An-Nasr», Portugaliya)
Riyod Maxrez: haftasiga 1,01 mln yevro («Al-Axli», Jazoir)
Sadio Mane: haftasiga 771 ming yevro («An-Nasr», Senegal)
Kalidu Kulibali: haftasiga 669 ming yevro («Al-Xilol», Senegal)
Erling Xolann: haftasiga 608 ming yevro («Manchester Siti», Norvegiya)
Kilian Mbappe: haftasiga 602 ming yevro («Real Madrid», Fransiya)
Ayvan Touni: haftasiga 492 ming yevro («Al-Axli», Angliya)
Vinisius Junior: haftasiga 482 ming yevro («Real Madrid», Braziliya)
Xarri Keyn: haftasiga 482 ming yevro («Bavariya», Angliya)
Muhammad Saloh: haftasiga 463 ming yevro («Liverpul», Misr)