Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Mbappe "el-klasiko" oldidan post e’lon qildi

Mbappe "el-klasiko" oldidan post e’lon qildi

Yakshanba kuni Madridning "Real" klubi La Liga doirasida o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Har ikki jamoa ham Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatlardan so‘ng "el-klasiko"ga yaxshi kayfiyatda kelishmoqda: seshanba kuni "ko‘k-anorranglilar" "Olimpiakos"ni (6:1) mag‘lub etishdi, bir kun o‘tib esa "qaymoqranglilar" "Yuventus"ni (1:0) mag‘lub etishdi.

"Jamoa, biz o‘z yo‘limizdamiz. Shu zaylda davom etaylik. Endi bizni "klasiko" kutmoqda. Ko‘rishguncha, madridliklar," - deb yozdi "Real"ning yulduz hujumchisi Kilian Mbappe "Yuventus"ga qarshi o‘yin yakunlanganidan ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Xabi Alonso jamoasi 24 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Barsa" 22 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 09:32 23.10.2025. O'qildi: 1058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!