Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mbappe Chempionlar Ligasida yangi rekord o‘rnatdi

Mbappe Chempionlar Ligasida yangi rekord o‘rnatdi

"Real" Gresiyada "Olimpiakos" mehmoni bo‘ldi va 4:3 hisobida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Qaymoqranglilar" safidagi to‘rtta golning barchasiga yulduz hujumchi Kilian Mbappe mualliflik qildi.

Gresiyadagi o‘yin davomida Mbappe rekord o‘rnatdi. Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasida mehmonda eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi. Kilian qit’aning asosiy klub turnirida raqiblar maydonida to‘rt marta xet-trik qayd etgan. Bu haqida Squawka nashri xabar berdi.

Chempionlar Ligasining 5 turida "Real" 12 ochko jamg‘ardi. Endi Xabi Alonso jamoasi Ispaniya chempionatining "Jirona"ga qarshi safar o‘yiniga tayyorgarlik ko‘radi. Uchrashuv 30 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 13:31. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!