Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjonda SSSR bayrog‘ini ko‘tarib ko‘cha kezganlarga jinoiy ish ochildi

Ozarbayjonda SSSR bayrog‘ini ko‘tarib ko‘cha kezganlarga jinoiy ish ochildi

Ushbu yurish tashkilotchilari – Abdulla Ibrohimli, Ibrohim Asadli hamda tadbirda ishtirok etgan boshqa shaxslar aniqlanib, qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu shaxslar "boshqa davlat"ning ko‘magi va moliyaviy yordami evaziga ofis ijaraga olib, vaqti-vaqti bilan yig‘ilishlar o‘tkazib kelgani aniqlangan.

Mazkur shaxslarning ofislari va xonadonlari ko‘zdan kechirilgan chog‘da kommunistik mafkurani targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab materiallar, bayroq, radikalizmni targ‘ib qiluvchi kitoblar nusxalari, shuningdek, CD-disklar va boshqa elektron qurilmalar topilib, to‘xtatib qo‘yildi.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 21:57 26.11.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!