Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Maxachqal’a shahrida otishma yuz berdi, yetti kishi yaralandi – Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi

Maxachqal’a shahrida otishma yuz berdi, yetti kishi yaralandi – Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi

Otishma hodisasini Dog‘iston Ichki ishlar vazirligi ham tasdiqladi. Vazirlikning xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:20 da “noma’lum shaxslar” Dog‘iston Respublikasi IIV YPX xodimlariga hujum qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida uch nafar polisiyachi halok bo‘lgan. Vazirlik hujumchilar xizmat mashinasida qochib ketganini va ularni qo‘lga olish choralari ko‘rilayotganini bildirdi.

Xujum qilganlarning o‘ldirilgani haqida ma’lumot berilmagan. Ammo mahalliy Telegram-kanallar kamida ikki hujumchi voqea joyida o‘ldirilganini xabar qilmoqda. Qolgan ikki kishi esa avtomobilda qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 19:58 05.05.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!