Argentina terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng Mavritaniya terma jamoasining ikki futbolchisi raqiblarning asosiy yulduzi Lionel Messining libosi ustida bahslashib qolishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda afrikalik ikki futbolchi Leo libosi kimga nasib qilishini uzoq vaqt davomida hal qila olmayotgani aks etgan.
Yakunda bahsda bo‘yi balandroq va gavdaliroq futbolchi g‘olib chiqdi. Ikkinchi futbolchiga esa Rodrigo De Paulning libosi nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda Argentina Mavritaniya ustidan kichik 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi maydonga 46-daqiqada tushdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.