Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘on: "Eronga qarshi urushdan ma’no yo‘q"

Erdo‘g‘on: "Eronga qarshi urushdan ma’no yo‘q"

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh va Isroilning Eronga hujumlari bilan boshlangan urushni bema’nilik deb atadi.

Erdo‘g‘on bu bayonotni Jahon iqtisodiy forumida Turkiyaning mamlakat strategiyasi bo‘yicha nutqida aytdi.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi bir oy ichida bu "bema’ni urush" mintaqani jiddiy ravishda larzaga keltirdi va uning narxini nafaqat mojaro tomonlari, balki butun insoniyat to‘lamoqda.

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, kelishuvlarga diplomatiya va muloqot orqali erishish mumkin bo‘lsa-da, urushni davom ettirish butun dunyoga zarar keltiradi.

"Agar mojarolar to‘xtatilmasa, katta narx to‘lanishi kerak bo‘ladi", dedi u.

Erdog‘an shuningdek, so‘nggi yillarda global iqtisodiyot pandemiya ta’siri, tiklanish jarayonlari, yashil va raqamli transformasiya, savdo keskinligining ortishi va geosiyosiy omillar ta’sirida shakllanganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!