Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eron mintaqadagi AQSh bazalariga zarba berdi

Eron mintaqadagi AQSh bazalariga zarba berdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga zarba berganini e’lon qildi.

Bu haqda Khabar Fouri axborot agentligi IIQKga tayanib xabar berdi.

Hujum "Haqiqiy va’da 4" operasiyasining 84-to‘lqini doirasida raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda amalga oshirildi.

IIQK raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yo‘q qilishdan tashqari, yoqilg‘i quyish va qo‘llab-quvvatlash kuchlari joylashgan Al-Xarj aviabazasiga (Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning janubi-sharqida joylashgan Shahzoda Sulton aviabazasi) zarbalar berilganini ma’lum qildi.

Eron tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, bir nechta Amerika yoqilg‘i quyish va qo‘llab-quvvatlash samolyotlari yo‘q qilingan yoki ishdan chiqarilgan.

"IIQKning dengiz va ayerokosmik kuchlari Hormuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazidagi Eron pozisiyalarini qat’iy himoya qiladi", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!