Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Saudiya Arabistoni Qo‘shma Shtatlarni Eronga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda The Guardian Saudiya razvedka manbasiga tayanib xabar berdi. Ushbu manbaga ko‘ra, Ar-Riyod nafaqat harbiy kampaniyani davom ettirishga, balki uni kuchaytirishga ham chaqirmoqda.

Saudiya Arabistoni manbasi qirollikning amaldagi rahbari, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Donald Trampni Eronga qarshi urushni davom ettirishga undagani va AQSH-Isroil kampaniyasi Yaqin Sharqni qayta shakllantirish uchun «tarixiy imkoniyat» ekanligini tasdiqlagan.

24 mart kuni The New York Times manbaga tayanib xabar berishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSh prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi harbiy harakatlarni bo‘shashtirmaslikka chaqirgan. Manbaga ko‘ra, valiahd shahzoda Donald Trampni harbiy harakatlarni davom ettirishga va Eron hukumatini yo‘q qilishga undagan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni Eron tomonidan hujumga uchramoqda. Bir hafta oldin Qizil dengiz sohilidagi Yanbu portidagi SAMREF neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilingan edi.

Kiritildi: 23:46 27.03.2026. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!