Isroil Mudofaa Kuchlari Erondan yangi raketa uchirilgani haqida xabar berdi va nishonlarni ushlamoqda.
Bu haqda Isroil armiyasi bayonotida e’lon qildi.
"Isroil armiyasi Erondan Isroilga qarab raketa uchirilganini aniqladi. Mudofaa tizimlari tahdidlarni ushlash ustida ishlamoqda", deyiladi bayonotda.
Aholiga xavfsiz hududlarga ko‘chib o‘tish va keyingi xabarnoma berilgunga qadar u yerda qolish tavsiya etiladi.